Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Xarkivga raketa zarbasi berdi, jabrlanganlar bor
Ukraina harbiylari Xarkiv viloyati bilan chegara yaqinida rus qo‘shinlarining to‘planishini qayd etmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, bu Xarkiv yo‘nalishidagi faol hujum operatsiyalariga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin.

Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
22 may, payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Xarkivning Xolodnogorsk tumaniga raketa hujumi uyushtirdi. Portlash yuz berdi, sakkizta xususiy uyga zarar yetdi, deb yozdi Xarkiv meri Igor Terexov Telegramʼda.
Avvaliga shahar hokimligi rahbari, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Biroq, keyinchalik Terexov aniqlik kiritdi: «Ikki kishi o‘tkir stress reaksiyasiga ega, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda».
Ayni paytda Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv viloyati chegarasi yaqinida rus qo‘shinlarining to‘planishini qayd etmoqda. Bu haqda 21 may kuni «Xartiya» 13-tezkor brigadasi shtab boshlig‘i Andrey Pomaxaybus «Suspilne» telekanaliga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Xarkiv yo‘nalishida faol hujum operatsiyalariga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ko‘rsatishi mumkin.
«Ruslar odatda qo‘shinlardan foydalanishning birlashgan tamoyiliga ega: artilleriya, yo‘q qilish va razvedka uchun uchuvchisiz tizimlar, og‘ir texnika. Shu bilan birga, piyoda askarlardan foydalaniladi: ular diqqatni bir yo‘nalishda chalg‘itadi, boshqa yo‘nalishda oldinga siljish yuz beradi», — dedi Pomagaybus.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosan optik tolali uchuvchisiz qurilmalar soni ortib bormoqda, ularning parvoz masofasi Rossiya Qurolli kuchlarida 15-30 kilometrga yetishi mumkin. Ukrainalik harbiy ofitserning ta’kidlashicha, bu UUA «jiddiy muammo» tug‘diradi, chunki ularni radioelektron urush tizimlari bilan bostirib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, u bunday dronlarga qarshi kurashish mexanizmlari hali ham mavjudligini qo‘shimcha qildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Veolia Energy Tashkent issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlarini to‘xtatdi
O‘zbekiston | 19:07
-
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:01
-
Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim: Toshkent Kimyo universiteti yangi bosqichda
Jamiyat | 19:00
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
Mavzuga oid

19:01
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

18:24
Avstraliya 2014 yilda urib tushirilgan MH17 samolyoti uchun Rossiyadan tovon talab qildi

18:20
Rubio Lavrov bilan Ukrainadagi urushga barham berish bo‘yicha «yo‘l xaritasini» muhokama qildi

12:21