G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan o‘nlab yuk mashinalari yetib keldi
Mart oyi boshidan beri Isroil G‘azo sektoriga yordam yetkazilishini HAMAS vakillari to‘xtatib qolayotganini iddao qilib, to‘sib qo‘ygan. Gumanitar yordamni tarqatishning yangi mexanizmi hali ishga tushirilmagan.

Foto: REUTERS
Urushdan vayron bo‘lgan G‘azo sektoriga 21 may, chorshanba kuni insonparvarlik yordami, jumladan, un, bolalar ovqatlari va tibbiy jihozlar ortilgan yana 100 ta yuk mashinasi yetib keldi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida mamlakat Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi va insonparvarlik yordamini yetkazish uchun mas’ul bo‘lgan Isroilning COGAT hukumat tashkiloti yozgan.
«Barcha yordam xavfsizlik sinchkovlik bilan tekshirilgandan so‘ng o‘tkazildi. Bu Isroil armiyasi rasmiylari maslahati va siyosiy rahbariyat ko‘rsatmasiga muvofiq amalga oshirildi. Biz G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etamiz, bu yordam HAMAS tashkiloti qo‘liga tushmasligi uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz», — deyiladi COGAT postida. Xuddi shu manbaga ko‘ra, bir kun avval G‘azo sektoriga xuddi shunday gumanitar yordam yuklangan 93 yuk mashinasi yetib borgan.
Gumanitar yordam Isroil, Misr va G‘azo sektori chegaralari tutashgan joyda joylashgan Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punktiga yetib keldi. Bu yerda gumanitar xodimlar uni keyinchalik mahalliy aholiga tarqatish uchun yuk mashinalariga o‘tkazishlari kerak. Butunjahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme, WFP) rahbari Antuan Renarning aytishicha, 78 ta yuk mashinasi «o‘z vaqtini kutmoqda». «Biz yuklarimiz talon-toroj qilinmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak», dedi u Associated Press'ga. O‘tmishda talonchilik yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilgan.
Isroil G‘azo aholisiga yordam HAMASning yuklarni boshqa yo‘nalishga yo‘naltirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xavfsiz tarqatish zonalari tashkil etilgach, qayta tiklanishini aytdi. Biroq, bu mexanizm taxminan 25 maygacha kuchga kirmaydi, dedi avvalroq Bloomberg agentligiga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Kerolayn Glik.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

22:38 / 17.06.2025
O‘zbekiston ukrainalik bolalarga o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

11:09 / 09.06.2025
Isroil G‘azoga ketayotgan va bortida Greta Tunberg bo‘lgan kemani qo‘lga oldi

09:19 / 09.06.2025
Isroilda Tunberg bo‘lgan kemani G‘azoga kiritmaslik haqida buyruq berildi

08:15 / 02.06.2025