Putinning maslahatchisi SSSR huquqiy jihatdan hamon mavjud ekanini aytdi
Anton Kobyakov shundan kelib chiqqan holda, Ukraina bilan urush «ichki jarayon» ekanini ta’kidladi.

Foto: RIA Novosti
Putinning maslahatchisi Anton Kobyakov Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida SSSR huquqiy jihatdan hozir ham mavjud ekanini iddao qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, SSSR 1922 yilda Xalq deputatlari qurultoyi tomonidan tashkil etilgan va aynan shu qurultoy tomonidan tarqatib yuborilishi kerak edi. Biroq, 1991 yilda bunday bo‘lmagan. Shu sababdan uning o‘rnida mustaqil davlatlar tashkil etishning huquqiy tartibi buzilgan va bu «SSSR hali ham qonuniy ravishda mavjud» ekanini anglatadi. Kobyakovning ta’kidlashicha, shundan kelib chiqqan holda bu «Ukraina bilan urushni «ichki jarayon» deb atash imkonini beradi».
SSSR hamon mavjud ekani mashhur fitna nazariyasi bo‘lib, uning atrofida bir nechta harakatlar, masalan, o‘zini «SSSR fuqarolari» deb atagan, Rossiya pasportidan foydalanishdan, armiyada xizmat qilishdan va kommunal xizmatlar uchun pul to‘lashdan bosh tortgan bir necha guruhlar paydo bo‘lgan. 2022 yilda Rossiya Adliya vazirligi Samara viloyat sudi qarori bilan «SSSR fuqarolari» harakatini ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shdi. Shu yili sud uning rahbari Sergey Taraskinni ekstremistik tashkilot tuzish moddasi bo‘yicha 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Xuddi shunday qarorlar boshqa viloyatlarda ham qabul qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSR parchalangani va ushbu hodisaning oqibatlaridan afsusda ekanini bir necha bor aytgan, xususan, 2005 yilda buni «XX asrning eng katta geosiyosiy falokati» deb atagan va SSSR tarqatilishi haqidagi Belovejsk kelishuvlari Konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidlagan.
Anton Kobyakov 2005-2012 yillarda prezident ma’muriyatida turli lavozimlarda ishlagan, 2012-2014 yillarda prezident ma’muriyatini boshqargan, 2014 yildan esa prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39
-
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi
Jahon | 17:34
-
Kelajakka tikilgan sarmoya: Oltiariqda yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston | 17:00
-
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarini birgalikda izlashga kelishib oldi
Jahon | 16:51
Mavzuga oid

13:16
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

10:22
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

09:41
RFda sudlangan amerikalik Tater Rossiyani tark etdi

09:03