Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
Portnov bolalarini maktabga olib borganida noma’lum shaxs unga o‘q uzgan. Maydondagi norozilik namoyishlari vaqtida Portnov Viktor Yanukovich bilan birga, siyosiy inqirozni hal etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibida bo‘lgan.

Foto: REUTERS
Madrid provinsiyasidagi Posuelo-de-Alarkon shahrida joylashgan Amerika maktabi darvozasi oldida Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Andrey Portnov otib ketildi, deb xabar beradi Reuters.
Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya mahalliy vaqt bilan soat 09:15 da o‘q uzilgani to‘g‘risida xabar olgan. Shu bilan birga, politsiya qurbonning kimligini oshkor etmagan. Sky News’ning aniqlik kiritishicha, Portnov bolalarini maktabga olib borganida noma’lum shaxs unga o‘q uzgan.
51 yoshli Portnov Lugansk oblastida tug‘ilgan, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullangan, 2006 yilda Ukraina Oliy radasi xalq deputatligiga saylangan. 2010 yilda Yuliya Timoshenkoning mag‘lubiyatidan keyin sudda uning manfaatlarini himoya qilgan. 2011-2014 yillarda Portnov prezident Viktor Yanukovichning maslahatchisi bo‘lgan; Maydondagi norozilik namoyishlari vaqtida Yanukovich bilan birga siyosiy inqirozni hal etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga kiritilgan.
Keyinroq Yanukovich ma’muriyatida Portnov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. U Ukrainani 2015 yil boshida tark etgan.
AQSh Portnovga qarshi 2021 yilda sanksiyalar joriy etgan. Bunga u pora orqali «Ukrainaning sud va huquqni muhofaza qilish apparati bilan keng aloqalar o‘rnatgani» va o‘z ta’sir doirasidan «Ukraina sudlarida qaror qabul qilinishida» foydalangani sabab qilib ko‘rsatilgan. 2019 yilda Portnov Ukrainaga qaytishini e’lon qilgandi. U saylovlarda Volodimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlagan va sobiq prezident Pyotr Poroshenko ustidan Davlat tergov byurosiga uni lavozimida bo‘lgan vaqtida «jinoiy harakatlar»da ayblab, shikoyatlar berishni boshlagan. 2022 yil iyunda «Sxemi» surishtiruv loyihasi Portnov Ukrainadan chiqib ketganini aniqlagan edi.
Mavzuga oid

11:11 / 09.06.2025
Yamalning davri hali kelmadi. Ronaldu finalda hal qiluvchi golni urdi, muxlislar yana uning nomini qo‘shiq qilib kuyladi

15:00 / 05.06.2025
Ispaniya Isroil bilan raketalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi

23:34 / 28.05.2025
Ispaniyada IIVning sobiq davlat kotibi jinoiy guruh ishi doirasida hibsga olindi

13:40 / 24.05.2025