Bloger Qobil Do‘sov ustidan yana bir sud ishi bo‘lib o‘tmoqda
Bo‘stonliq tumani sobiq deputati Qobil Do‘sov bu safar ham tuhmat, haqorat qilish va yolg‘on xabar berishda ayblanyapti. Jabrlanuvchilarning aksariyati ta’lim tizimi mas’ullari. Sudda prokuror sobiq deputatga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi so‘ragani aytilmoqda.

Foto: Kun.uz
Bloger Qobil Do‘sov ustidan yana bir sud ishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda sud majlislari onlayn jadvalida keltirilgan.
Unga ko‘ra, sud ishi JIB Shayxontohur tuman sudida sudya Tolibjon Obidov raisligida ko‘rib chiqilmoqda. Sobiq deputat Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi, 237-moddasi (Yolg‘on xabar berish) 2-qismi “g” bandi bilan ayblanmoqda.
Sud ishida 5 kishi jabrlanuvchi bo‘lib o‘tgan. Ularning aksariyati ta’lim tizimi vakillari. Jumladan, jabrlanuvchilar orasida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova ham bor.
Kecha, 20 may kuni ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi o‘tkazilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda sudda prokuror Qobil Do‘sovga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi so‘ragani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Qobil Do‘sov avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevni haqorat qilganlikda aybli deb topilib, 1 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingandi. Oradan ko‘p o‘tmay u ozodlikni cheklash shartlarini buzgani uchun koloniyaga o‘tkazildi. 2025 yil fevral oyi oxiriga kelib sobiq deputat Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimi mas’ullarini haqorat va ularga tuhmat qilishga oid jinoyat ishida ham aybli deb topildi. Bu “delo” bo‘yicha unga sud hukmi bilan 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

16:51 / 16.06.2025
Bloger Qobil Do‘sov 5 yilga qamaldi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025