Jahon | 13:43 / 23.07.2025
842
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya YeIdan tashqarida deportatsiya markazlari yaratishni qo‘llab-quvvatladi

Germaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari boshpana olish huquqiga ega bo‘lmagan migrantlar uchun Yevropa Ittifoqidan tashqarida deportatsiya markazlari tashkil etilishini «mutlaqo zarur bo‘lgan innovatsion yondashuv» deb atadi.

Foto: Vlasov Sulaj/AP

Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt arizasi rad etilgan boshpana izlovchilar - Return Hubs uchun Yevropa Ittifoqidan tashqarida deportatsiya markazlarini yaratish tarafdori ekanligini aytdi. Bu haqda u 22 iyul, seshanba kuni Kopehagenda YeI davlatlari IIV rahbarlari norasmiy uchrashuvi davomida aytib o‘tdi.

«Biz deportatsiya markazlariga bo‘lgan talabni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz buni mutlaqo zarur bo‘lgan innovatsion yondashuv, deb hisoblaymiz», dedi u tadbir ochilishida. Bunday rejalarni amalga oshirish uchun «kelingan mamlakatlarga imkon qadar yaqin joylashgan» davlatlar bilan rad etilgan boshpana izlovchilarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar tuzilishi kerak, dedi Germaniya vaziri.

«Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan ayrim davlatlar uchun uchinchi davlatlar bilan bunday shartnomalar tuzish qiyin bo‘lganligi sababli, Yevropa Ittifoqining bir nechta davlatlarini birlashtirish (deportatsiyani qo‘shma markazlar orqali amalga oshirish uchun) mantiqiy bo‘lishi mumkin», — deya Dobrindt so‘zlarini keltiradi epd agentligi. Germaniya IIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining qator davlatlari allaqachon bu borada aniq rejalarga ega va ularga boshqa davlatlar ham qo‘shilishi mumkin. «Men Germaniya uchun ham buni istisno qilishni xohlamayman», dedi Aleksandr Dobrindt.

O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqining migratsiya masalalari bo‘yicha komissari Magnus Brunner Yevropa Ittifoqi davlatlariga boshpana izlovchilarni Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlarga, hatto bu davlatlar bilan aloqasi bo‘lmasa ham, deportatsiya qilish imkoniyatini berishni taklif qildi.

Mavzuga oid