Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
AQSh va RF prezidentlari o‘zaro telefon orqali qariyb ikki soat suhbatlashdi. Trampga ko‘ra, muloqot «konstruktiv muhitda» kechgan.

Foto: Gage Skidmore
Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» o‘t ochishni to‘xtatish va urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralar boshlaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqotidan keyin ma’lum qildi.
«Hozirgina Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soatlik telefon muloqotim yakunlandi. O‘ylashimcha, u yaxshi kechdi. Rossiya va Ukraina zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muhimi, urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi», — deb yozadi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga.
Uning ta’kidlashicha, bo‘lajak kelishuv shartlari bevosita Moskva va Kiyev tomonidan ishlab chiqiladi, chunki «muzokaralar jarayonining boshqa hech kimga ma’lum bo‘lmagan tafsilotlarini faqat ular biladi». Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Putin bilan konstruktiv muhitda suhbatlashgan. «Suhbat ohangi va ruhi a’lo darajada edi. Agar bu boshqacha bo‘lganida, men buni keyin emas, aynan hozir aytgan bo‘lardim», — deya qo‘shimcha qiladi u.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti Putin urush tugaganidan keyin Qo‘shma Shtatlar bilan keng ko‘lamli savdo hamkorligiga tayyor ekanini bildirganini qayd etdi. «Rossiya bu fojiali «qonli hammom» yakunlanganidan keyin Qo‘shma Shtatlar bilan keng qamrovli savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘ymoqchi. Men bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlayman», — deydi Tramp.
Trampning fikricha, Rossiyada ulkan iqtisodiy salohiyat mavjud, u yangi ish o‘rinlarini yaratish va hayot darajasini oshirish imkonini beradi. «Bu salohiyat — deyarli cheksiz», — deydi u. Shu bilan birga, Trampning qo‘shimcha qilishicha, urushdan keyingi tiklanish jarayonida Ukraina ham kelajakdagi savdo aloqalarining asosiy manfaatdorlaridan biriga aylanishi mumkin.
«Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar zudlik bilan boshlanadi — bu haqda men Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubbga Vladimir Putin bilan suhbatdan so‘ng darhol telefon orqali ma’lum qildim. Vatikan esa Rim papasi orqali bu muzokaralarni o‘z hududida o‘tkazishga alohida qiziqish bildirmoqda», — deya ta’kidlaydi AQSh prezidenti.
Putin ham AQSh prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan muloqotni yuqori baholadi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Trampga Rossiya Ukrainaga «bo‘lajak tinchlik sulhining memorandum» ustida birgalikda ishlash taklifini berishga tayyorligini ma’lum qilgan. «Men suhbatni yuqori baholayman. Asosiy masala — har ikki tomon tinchlikka intilishda maksimal darajada harakat qilishi va barcha tomonlarni qoniqtiradigan murosalarni topishidir. Umuman olganda, Rossiyaning pozitsiyasi aniq: biz uchun eng muhimi — inqiroz sabablarini bartaraf etishdir», — dedi Putin muloqotdan keyin.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
-
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 02.07.2025
-
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?
Jahon | 23:12 / 02.07.2025
-
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Jahon | 23:03 / 02.07.2025
Mavzuga oid

19:39 / 02.07.2025
Trampning Isroil va Hamasga bosimi: G‘azoda 60 kunlik sulh kuchga kiradimi?

15:24 / 02.07.2025
Paramount kompaniyasi Donald Trampga 16 million dollar kompensatsiya to‘laydi

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

23:10 / 01.07.2025