Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasining «Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Hujjat bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Jamg‘arma prezidentning «Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan tashkil etilgan.
Shuningdek, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi ham tasdiqlandi.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari:
- O‘zbekiston fermerlar kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan o‘tkazib beriladigan mablag‘lar;
- O‘zbekiston davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar;
- jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
- jamg‘armaning, shu jumladan vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlari.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari ko‘rsatiladi:
- har yili 500 ta mahalladagi bittadan xonadon tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha grantlar ajratiladi;
- usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha subsidiya ajratish;
- tomorqalarda eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratish;
- suv ta’minoti cheklangan hududlarda yer uchastkalarini sug‘orish uchun tik quduqlarni burg‘ilash va ishga tushirish, suv chiqarish vositalarini sotib olish, irrigatsiya tarmoqlarini tortish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiyalar;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizli punkt yuqori stavkada (shundan, 5% bank marjasi) kreditlar;
- aholi tomorqalari va ijara yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga berish.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025