Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini saylay olmadi
Sikstin cherkovi tomidan qora tutun ko‘tarildi, bu konklav ishtirokchilari birinchi urinishda Rim-katolik cherkovining yangi rahbarini saylay olmaganini ko‘rsatdi. Ovoz berish 8 may kuni davom etadi.

Foto: Vatican Media
Katolik kardinallar Vatikandagi konklavning birinchi kunida 267-papani saylay olmadi. Buni 7 may, chorshanba kuni kechqurun Sikstin kapellasi tomidagi mo‘ridan chiqqan qora tutun tasdiqladi. Endi kardinallar 8 may kuni Rim-katolik cherkovining yangi rahbari saylovini davom ettiradi.
Butun dunyodan 133 nafar kardinalni birlashtirgan konklav boshlanganidan uch soat o‘tib Sikstin cherkovi ustida qora tutun paydo bo‘ldi. Bu Rim-katolik cherkovi tarixidagi eng katta konklavdir. O‘n minglab odamlar muqaddas Pyotr maydonida ovoz berishning birinchi bosqichi natijalarini kutgan, deb xabar beradi AFP.
Konklav boshlanishidan oldin kardinallar ovoz berish jarayonini sir saqlashga qasamyod qildi. Ular 21 aprelda vafot etgan Rim papasi Fransiskning o‘rniga o‘rinbosar saylanmagunlaricha, hozir jamoatchilikdan deyarli izolyatsiya qilingan.
G‘alaba qozonish uchun nomzod kamida uchdan ikki ovozni, ya’ni 133 tadan 89 tasini olishi kerak. Har bir turdan keyin maxsus o‘rnatilgan mo‘ridan chiqadigan tutun orqali yangi papa saylangan yoki saylanmaganini bilib olish mumkin: qora tutun papa saylanmaganligini, oq tutun esa uning saylanganini bildiradi.
Mavzuga oid

22:32 / 18.05.2025
Zelenskiy Rimda Vens va Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi

17:22 / 18.05.2025
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

22:32 / 08.05.2025
Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi

21:54 / 07.05.2025