Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Madriddagi aeroportda yashayotgan boshpanasizlar soni 500 kishiga yaqinlashdi. Ularning ayrimlari yonida pichoq ko‘tarib yurib, boshqalarga xavf tug‘dirmoqda.

Foto: Daily Mail
Ispaniyaning eng yirik aeroportlaridan biri — Madrid-Barajasda boshpanasizlar soni keskin oshmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.
Ispaniya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportdagi «ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar» soni 50 kishidan qariyb 500 kishiga qadar oshgan.
Qayd etilishicha, ayniqsa vaziyat 4-sonli terminalda murakkablashgan, chunki rasmiylar oldinroq aeroportning boshqa hududlarida yashab kelgan boshpanasizlarning aksariyatini shu yerga ko‘chirgan. Guvohlar hojatxonalar poli, ekranlar orti va restoranlar zalida uxlab yotgan insonlarni suratlarga olgan. Aeroport xodimlari sanitariya sharoiti yomonlashgani, tajovuz holatlaridan shikoyat qilyapti — ba’zi uysizlar pichoq ko‘tarib, giyohvand moddalar ham iste’mol qilmoqda.
Yaqinda qandalalar ko‘payishi xavfi sabab alohida hududlarni dezinfeksiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Kasaba uyushmalari xodimlari turistlarni himoya qilish va boshpanasizlarni kerakli sharoitlar bilan ta’minlash uchun zudlik bilan choralar ko‘rilishini talab qilmoqda.
Aeroportdan qo‘nim topganlarning aksariyati — mehnat bozoridagi omadsizliklardan keyin boshpanasidan ayrilgan migrantlardir. Ismi Fernando bo‘lgan perulik erkakning tan olishicha, u tunab ketilishi xavfi borligi sabab «bir ko‘zini ochgan holda» uxlashga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, uning aytishicha, barcha boshpanasizlar ham xavf tug‘dirmaydi va ularning aksariyati shunchaki murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan.
Nashrga ko‘ra, rasmiylar ehtimoliy choralarni muhokama qilib, politsiya terminallarni nazoratdan o‘tkazayotgan bir payda polda uxlayotgan fuqarolar soni o‘sishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pasayishlar ko‘tarilishlardan ko‘p: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgaryapti?
O‘zbekiston | 20:15
-
Haj ziyoratini ado etgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston | 20:07
-
AOKA: Meta kompaniyasiga 23 mingta so‘rov yubordik, ularning 80 foizi qanoatlantirildi
O‘zbekiston | 19:29
-
XAEA 20 yil ichida birinchi marta Eron yadroviy majburiyatlariga rioya qilmayotganini tan oldi
Jahon | 19:27
Mavzuga oid

11:11 / 09.06.2025
Yamalning davri hali kelmadi. Ronaldu finalda hal qiluvchi golni urdi, muxlislar yana uning nomini qo‘shiq qilib kuyladi

15:00 / 05.06.2025
Ispaniya Isroil bilan raketalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi

16:53 / 02.06.2025
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV

14:57 / 02.06.2025