Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda o‘gay otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchrab, qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Turkiyada qarovsiz qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. U Istanbulda o‘gay otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan va bolalar uyiga joylashtirilgan. U yerdan ozod etilgach, opasi bilan yashagan. Biroq opasi politsiyaga kuch ishlatgani uchun qamoqqa olingani sabab qiz qarovsiz qolgan.

Foto: Istanbuldagi bosh konsulxona
Turkiyada og‘ir sharoitda qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Istanbuldagi bosh konsulxona va fuqarolik jamiyatlari ko‘magida vatanga qaytarildi. Bu haqda konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro T.O.ning onasi 2015 yilda Turkiyaga ish izlab kelgan va Istanbulga joylashgan. U yerda Turkiya fuqarosi bilan shar’iy nikoh asosida turmush qurgan. Qizining aytishicha, o‘gay otasi unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan.
2017 yilda holat aniqlangach, voyaga yetmagan fuqaro Istanbuldagi bolalar uyiga joylashtirilgan. 2024 yil fevral oyida T.O.ning opasi sudga qilgan murojaat asosida u bolalar uyidan ozod etilgan. Biroq, opasining Turkiya politsiyasiga kuch ishlatgani uchun qamoqqa tushgani bois, T.O. yana qarovsiz qolgan.
Bosh konsulxona Yelkadosh va O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan hamkorlikda uning O‘zbekistonga qaytarilishi va qonuniy vakillariga topshirilishini tashkil etdi.
Diplomatik vakolatxona ota-onalarni farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmaslikka, ularning xavfsizligi va huquqiy himoyasiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

14:51 / 15.07.2025
Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari: Istanbul formati «o‘z ma’nosini yo‘qotdi»

14:30 / 19.06.2025
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

13:24 / 19.06.2025
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

08:48 / 12.06.2025