Bahor mavsumida qancha daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgani aytildi
O‘zbekistonda joriy yilning bahorgi mavsumida 130 mln tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.

Foto: IIB axborot xizmati
Ekologiya vazirligi qayd etishicha, O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi uchun qulay yashash muhitini shakllantirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, 2025 yilning bahorgi mavsumida mamlakat bo‘ylab jami 136 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Bu boradagi ishlar davlat rahbari tomonidan 2021 yilda ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasi asosida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida keyingi besh yilda har yili 200 million tupdan daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekish, respublika hududlaridagi yashillik darajasini 30 foizga yetkazish maqsad qilib olingan.
Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish hamda cho‘llanishga qarshi kurashish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil kuz mavsumida 86 million, 2022 yilda 203 million, 2023 yilda 220 million, 2024 yilda esa 227 million tup daraxt va butalar ekilgan. Umumiy hisobda so‘nggi to‘rt yilda respublika miqyosida 872 million tup daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalari o‘tqazilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvada bloger o‘g‘irlab ketildi va keyin qo‘yib yuborildi
Jahon | 16:00
-
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston | 15:53
-
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda
Jahon | 15:39
-
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi
O‘zbekiston | 15:34
Mavzuga oid

09:10 / 02.06.2025
O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi

17:06 / 28.04.2025