Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
Mamlakat Mudofaa vazirligi uchuvchisiz uchish apparatlari xaridi bo‘yicha WB Electronics bilan shartnoma imzoladi.

Foto: Reuters
Polsha o‘z armiyasi uchun 10 mingga yaqin Warmate kamikadze dronlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shartnoma respublikaning qurollanish bo‘yicha agentligi va WB Electronics ishlab chiqaruvchisi o‘rtasida tuzilgan.
Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, WB Electronics — uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropadagi eng yaxshi kompaniya. Kosinyak-Kamish, shuningdek, dronlarning zamonaviy harbiy mojarolardagi inqilobiy rolini qayd etib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, kelishuv 2035 yil oxirigacha davom etadi va keyingi bitimlar doirasida mingga yaqin dron to‘plamlarini, jumladan, eng yangi versiyalarini yetkazib berishni nazarda tutadi.
Polsha armiyasi 2017 yildan beri Warmate dronlaridan foydalanib kelmoqda, o‘shanda hududiy mudofaa qo‘shinlari uchun kichik partiyalarni yetkazib berish bo‘yicha birinchi shartnoma tuzilgan edi. 2022 yilda esa qurollanish agentligi kompaniya bilan taxminan 12,5 million dollarlik ikkinchi shartnomani tuzgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Endilikda davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi
O‘zbekiston | 17:40
-
Kia va ADM Global O‘zbekiston termasiga JCh–2026 yo‘lida qo‘llov ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Tramp Eron bilan urushga qarshi edi. Ammo endi fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:26
-
O‘zbekiston talabalariga Yaponiyada ishlash imkoni: Daiwa House va TKXU o‘rtasida strategik uchrashuv
O‘zbekiston | 16:00
Mavzuga oid

21:39 / 08.06.2025
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy

17:16 / 02.06.2025
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi

09:30 / 02.06.2025
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda

17:37 / 01.06.2025