Hududlarda mikrosanoat markazlari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining «Hududlarda mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
2025-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlangan.
Hujjat bilan mikrosanoat markazlari uchun yer uchastkalarini ajratish va ularda tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish tartibi ishlab chiqilgan.
Mikrosanoat markazlari hududlarning ixtisoslashuvi va tadbirkorlik an’analari (hududlarning drayveri), yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, xorijiy davlatlar (Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya) tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqiladigan alohida konsepsiya asosida barpo etilishi belgilandi.
Mikrosanoat markazlarida hunarmandchilik, tikuvchilik, poyabzalchilik, qandolatchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shug‘ullanadigan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari joylashtiriladi.
Mikrosanoat markazlariga ishlab chiqarishlarni joylashtirishda tabiiy gazga muqobil bo‘lgan yoqilg‘i turlaridan va energiya tejamkor texnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish va boshqalar) foydalanishga ustuvorlik beriladi.
Mikrosanoat markazlarini qurish uchun yer uchastkalari tashabbuskor pudrat tashkilotlariga elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladi.
Hujjat bilan Hududlarda mikrosanoat markazlarini barpo etish hamda ularga kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

08:04 / 11.06.2025
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxati kengaymoqda

14:00 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda bambuk ekinzorlari barpo etiladi

10:30 / 02.06.2025