Kallas: Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina rahbarlarining Istanbuldagi uchrashuvi «yaxshi qadam» bo‘lardi, biroq Putinning bunga borishi dargumon.

Foto: AFP via Getty Images
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Rossiya Turkiyada Ukraina bilan tinchlik muzokaralaridan manfaatdor bo‘lishiga ishonmayapti. «Ular Ukrainani bombardimon qilishda davom etmoqda. Agar ular tinchlikdan manfaatdor bo‘lsalar, buni darhol to‘xtatishlari mumkin edi», dedi Kallas 13 may, seshanba kuni Daniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Kopenhagen demokratiya sammiti chog‘ida.
U Ukraina «sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish»ga rozi bo‘lganiga ikki oydan ko‘proq vaqt o‘tganini esladi. «Rossiya yaqqol o‘yin o‘ynamoqda, vaqt o‘z tomonida bo‘lishiga umid qilib, vaqtdan foydalanishga harakat qilmoqda. Biz ular tomondan hech qanday ijobiy harakatlar yoki yaxshi belgilarni ko‘rmayapmiz», — dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Ukraina va Rossiya prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putinning ehtimoliy uchrashuvi haqida gapirar ekan, Kallas, agar ular haqiqatda muzokara stoliga o‘tirishsa, bu «yaxshi qadam» bo‘lishini ta’kidladi. «Ammo u, Putin, jur’at eta olmaydi deb o‘ylayman», — deya qo‘shimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zaporijjya AESda Rossiya zarbasi tufayli blekaut yuz berdi
Jahon | 09:25
-
O‘zbekiston-Pokiston hududlararo forumini tashkil etish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 09:20
-
Radikal isroilliklar Nablus hududidagi o‘nlab daraxtlarni yo‘q qildi
Jahon | 09:00
-
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi
Jahon | 08:44
Mavzuga oid

20:06 / 04.07.2025
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi

12:26 / 04.07.2025
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

22:00 / 03.07.2025
«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?

11:49 / 03.07.2025