Jahon | 09:15 / 14.05.2025
1669
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya kansleri Rossiyaga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni istisno etmadi

Germaniya hukumati joriy hafta Ukrainadagi urushni hal qilishda «haqiqiy o‘zgarish» kuzatilmasa, Yevropa darajasida Rossiyaga qarshi sanksiyalar sezilarli darajada kuchaytirilishini talab qilmoqchi. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers seshanba kuni Berlindagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: AFP

Kelajakdagi ehtimoliy sanksiyalar haqida gapirar ekan, Mers energetika va moliya sohalarini tilga oldi, deb yozadi "Nemis to‘lqini". Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Rossiya 30 kunlik so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini e’lon qilishi kerak, deb hisoblaydi.

Bu haqda Fridrix Mers Yevropa davlatlari tomonidan belgilangan muddat tugaganmi, degan savolga javob berar ekan aytib o‘tdi. Ular, avval xabar qilinganidek, agar Rossiya 12 maygacha 30 kunlik otashkesimga rioya qilishni boshlamasa, yangi sanksiyalar paketi ustida ish boshlaydi. Bu haqda Germaniya hukumati vakili Shtefan  Kornelius ma’lum qildi.

Germaniya hukumati vakilining bayonotiga javoban Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov: «Rossiya bilan ultimatum tilida gaplashib bo‘lmaydi», dedi.

Mavzuga oid