Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni yo‘l xo‘jaligidagi ishlar natijadorligi va rejadagi loyihalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Bu yil 7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi yo‘l hamda 231 ta ko‘prikni qurish va ta’mirlash, 13 ming kilometr tuproq ko‘chalarga shag‘al yotqizish, 400 kilometr sement qoplamali yo‘llar qurish, magistrallar bo‘yida 72 ta servis majmuasi tashkil etish rejalashtirilgan. Taqdimotda mutasaddilar shular haqda axborot berdi.
Yangi loyihalarni belgilashda yo‘llarning hozirgi holati va qatnov darajasiga e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda 1 ming 200 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 6 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Endi yana 4 ta loyiha boshlanishi ko‘zda tutilgan. Xususan, To‘rtko‘l va Beruniy shaharlarini aylanib o‘tuvchi A-380 magistralini rekonstruksiya qilish, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 516 kilometr mahalliy yo‘llarni to‘liq ta’mirlash, Termiz – Denov hamda Sirdaryo – Baxt oralig‘idagi yo‘llarni sement-beton qoplamali qilib qurish rejalashtirilgan. Bu loyihalarga Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki mablag‘lari yo‘naltiriladi.
Davlat rahbari eng muhim masala yo‘llarni sifatli saqlash ekanini ta’kidladi. Yo‘l bo‘ylarida infratuzilmani rivojlantirib, aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Qamchiq dovonida statsionar nazorat posti ishga tushirilgan. Buni yuk tashish oqimi yuqori bo‘lgan boshqa yo‘llarda ham tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
«Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqiladi. Unda, jumladan, «avtomobil yo‘llarini rejalashtirish» mexanizmini joriy etib, yo‘l infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikri va atrof-muhitga ta’sirini inobatga olish hamda piyodalar uchun to‘siqsiz muhitni yaratish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatilmoqda. Kommunikatsiya tarmog‘ini qurishda yo‘lning avvalgi holatini tiklash xarajatlarini qoplash sharti kiritilmoqda.
Pulli yo‘llarning huquqiy asoslari, ajratilgan va yo‘l bo‘yi mintaqalarida servis binolarini joylashtirishga oid talablar belgilanmoqda. Yo‘llarda katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi tartibga solinmoqda.
Taqdimotda mutasaddilar muqobil yo‘llar qurish bo‘yicha xususiy sheriklik loyihalari yuzasidan ham hisobot berdi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

19:35 / 16.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga tashrif buyuradi

20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi

17:38 / 15.05.2025