Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
Ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni seysmik xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2017 yildan buyon joylarda 11 ming 410 ta ko‘p qavatli uylar qurilgan. Bu aholini turar joy bilan yetarlicha ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Qurilishning asoslaridan biri bo‘lgan seysmologiya sohasi ham rivojlantirilmoqda. Bu borada xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilib, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishga e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki, 1966 yil 26 aprelda Toshkent shahrida vayronkor zilzila sodir bo‘lgan. O‘zbekiston prezidenti zilzila qurbonlariga hurmat ko‘rsatish va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va birdamlik kunini ta’sis etish tashabbusini ilgari surgan edi. Yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi.
Bu sohada xalqaro standartlarga mos bo‘lish uchun davlat rahbari yangi qurilayotgan uylarning sifatiga e’tiborni kuchaytirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga muvofiq, ko‘p qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligini oshirish va aholining seysmik xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan, davlat loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar o‘tkazilgan. Ushbu o‘rganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida bu tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi.
Ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Prezident qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
Mavzuga oid

23:35 / 21.07.2025
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi

14:53 / 20.07.2025
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi

19:20 / 19.07.2025
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi

18:33 / 10.07.2025