Xonanda Sardor Mamadaliyev she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi
U farg‘onalik shoirning «Sevilmagan yor kerak menga» nomli she’ridan muallifning ruxsatisiz foydalangani aniqlandi. Sud qarori bilan xonandaga 750 ming so‘m jarima tayinlandi.

Foto: YouTube
Adliya vazirligi tomonidan farg‘onalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli «Sevilmagan yor kerak menga» nomli she’r xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-prim 1-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 177-prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (750 ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.
Adliya vazirligi mualliflik huquqi buzilgan ijodkorlar 1008 ishonch telefoni orqali xabar berishlari yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, aprel boshlarida xalq orasida «Shamsiddin Sadoiy» taxallusi bilan tanilgan shoir Shamsiddin To‘rayev xonanda Botir Qodirov ustidan Adliya vazirligiga shikoyat qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

16:02 / 04.04.2025
Xonanda Anvar G‘aniyev mualliflik huquqini buzgani ma’lum bo‘ldi

11:52 / 22.03.2025
AQShda sud sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asar mualliflik huquqi bilan himoyalanmasligini tasdiqladi

20:41 / 16.05.2024
Andijonda “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan prorektor jarimaga tortildi

13:11 / 30.04.2024