Ukraina O‘zbekistonning uchta kompaniyasiga sanksiyalar kiritdi
Sanksiyalar ro‘yxatidan «Mercury Renaissance» va uning tarkibiga kiruvchi «Farg‘ona kimyo zavodi» hamda «Raw Materials Cellulose» MChJ joy olgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya fuqaroligiga ega ekani ta’kidlanayotgan Rustam Mo‘minovga nisbatan ham cheklovlar kiritildi.

Foto: fergchem.com
Ukraina hukumati Rossiya, Xitoy, Eron, Belarus va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bir nechta kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu prezident Volodimir Zelenskiy tomonidan imzolangan farmonda ko‘zda tutilgan.
Umumiy ro‘yxatda 67 ta Rossiya kompaniyasi bilan bir qatorda 7 ta xorijiy yuridik shaxs ham mavjud bo‘lib, ularning 3 tasi O‘zbekistonda faoliyat yuritadi. Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga O‘zbekistonning 1 nafar fuqarosi ham kiritilgan.
Sanksiyaga uchragan kompaniyalardan biri «Mercury Renaissance» MChJ. Korxona 2016 yilda Toshkent shahrida davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Faoliyat turi – qurilish texnikasi va uskunalarini ijaraga berish hamda lizing xizmatlari. Ta’sischilari Mo‘minov Rustam Rahimjanovich (60 foiz) va Tojiyev Shahriyor Sahiyorovich (40 foiz).
Ikkinchi kompaniya –«Raw Materials Cellulose» MChJ Jizzax viloyatida joylashgan bo‘lib, qog‘oz massasi va sellyuloza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ta’sischilari Utkina Larisa Mixaylovna (76 foiz) va Bikova Larisa Rahimjonova (24 foiz).
Uchinchi kompaniya – sellyuloza ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan «Farg‘ona kimyo zavodi» MChJ. Mazkur korxona «Mercury Renaissance» tarkibiga kiradi.
Shuningdek, Ukraina hukumati bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston va Rossiya fuqaroligiga ega ekanligi ta’kidlanayotgan Rustam Mo‘minovga nisbatan cheklovlar kiritgan.
Sanksiyalar 10 yil muddatga joriy etilgan bo‘lib, Ukraina hududidagi aktivlarni muzlatish, litsenziyalarni bekor qilish, savdo kelishuvlari, madaniy almashinuvlar, ilmiy sohadagi hamkorlikni to‘xtatishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid

09:00
Germaniya va Yevropaning uch davlati yetakchilari Tramp bilan Ukrainani muhokama qildi

17:25 / 18.05.2025
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:28 / 17.05.2025