Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
Hujjatlar orasida pasportlar, partiya biletlari, propaganda materiallari, oq-qora suratlar, varaqalar, qayd daftarlari ham mavjud. Ayrim hujjatlarda esa Adolf Hitlerning imzosini uchratish mumkin.

Foto: AP
Argentina Oliy sudi joylashgan Buenos-Ayresdagi sobiq Adliya saroyi yerto‘lalaridan Germaniyadagi fashistlar rejimining 1930-1940 yillardagi faoliyatiga oid yuzlab hujjatlarni o‘z ichiga olgan qutilar topildi, deb xabar beradi Clarin nashri.
Qayd etilishicha, hujjatlar ta’mirlash va Oliy sud muzeyi uchun yerto‘lalarini tayyorlash vaqtida tasofidan topilgan. Hujjatlar o‘rganib chiqilgach, Buenos-Ayresdagi Xolokost muzeyiga yuboriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qog‘ozlar Adliya saroyi yerto‘lasidagi 12 ta yog‘och shampan qutisida saqlangan. Hujjatlar orasida pasportlar, partiya biletlari, propaganda materiallari, oq-qora suratlar, varaqalar, qayd daftarlari ham mavjud. Ayrim hujjatlarda Adolf Hitlerning imzosini ham uchratish mumkin.
Ta’kidlanishicha, ushbu topilma — 1941 yil iyunda Nan-a-Maru kemasida Germaniyaning Tokiodagi elchixonasidan Argentinaga yetkazilgan 83 quti hujjatning bir qismi bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda arxiv Xolokost muzeyi mutaxassislari va tergovchilar tomonidan o‘rganilmoqda. Ularning vazifasi — hujjatlarning tarixiy ahamiyatini baholash va butun dunyo bo‘ylab natsistlarning «pul izlari» bilan bog‘liq hali aniqlanmagan jihatlarni yoritishga yordam beradigan muhim ma’lumotlar bor-yo‘qligini aniqlashdir.
Avvalroq Argentina hukumati mamlakatdan boshpana topgan yuqori martabali natsistlarga bog‘liq hujjatlarni maxfiylikdan chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ular orasida Osvensim konslageri mahbuslari ustida tajribalar o‘tkazgan va «O‘lim farishtasi» nomini olgan shifokor — Yozef Mengele ham bor.
Mavzuga oid

14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

16:59 / 29.04.2025
Argentinadan boshpana topgan natsistlarga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

20:58 / 01.04.2025