Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga erishish mumkin, ammo nyuanslarni hisobga olish kerak, dedi TASS axborot agentligiga Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Foto: Mikhail Tereshchenko/TASS/dpa/picture alliance
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni «mazmunli muhokama qilish» «nyuanslarni hisobga olmasdan turib» mumkin emas, deb xabar berdi TASS 9 may, juma kuni prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
Peskovning ta’kidlashicha, Kreml uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini birinchi marta AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilinganida qo‘llab-quvvatlagan, ammo «o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasi atrofida juda ko‘p nyuanslar mavjud va ularga javob topmasdan turib, bu haqda biron-bir mazmunli tarzda gapirish juda qiyin».
Kreml vakili aprel oyining oxirida «nyuanslar»ni hisobga olmasdan turib, o‘t ochishni to‘xtatish mumkin emasligi haqida gapirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 7 may kungi murojaatida Kiyevning Rossiya bilan kamida 30 kun davomida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifi o‘z kuchida qolishini aytdi. "Biz diplomatiyaga imkoniyat berishi mumkin bo‘lgan bu taklifni qaytarib olmaymiz".
O‘sha murojaatida siyosatchi aynan Rossiya Ukraina hududiga «yangi zarbalardan boshqa hech qanday javob» bermayotganini ta’kidladi. Bu «urush manbasi kim ekanini har bir kishiga imkon qadar aniq va ravshan ko‘rsatib beradi», — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Mavzuga oid

12:23 / 14.05.2025
Peskov: Rossiya delegatsiyasi muzokaralar uchun 15 may kuni Istanbulga boradi

11:10 / 13.05.2025
Kreml Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish talabiga javob qaytardi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025