Haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblash 1 iyundan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. 0,2 balldan 2 ballgacha bo‘lgan jarima ballari faqat YPX inspektori tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha hisoblanadi. 12 oy ichida 12 ball to‘plagan haydovchilar 6 oydan 3 yilgacha guvohnomasidan mahrum bo‘ladi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi
“Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” hukumat qarori e’lon qilindi.
6 may kuni imzolangan qaror 1 iyundan kuchga kiradi.
Unga ko‘ra, jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan jarimalar asosida, avtomatlashtirilgan tartibda inson omilisiz E-jarima moduli orqali hisoblab boriladi.
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari yozilmaydi. Bu masala kameralar qayd etgan qoidabuzarlik vaqtida avtomobil rulidagi shaxsni identifikatsiya qilish imkoniyati yaratilganidan keyin ko‘rib chiqiladi – Ichki ishlar vazirligi hukumatga bu borada xulosa kiritishi kerak (topshiriqning ijro muddati ko‘rsatilmagan).
12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida keyingi davrda qoidalarni birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.
Haydovchiga jarima balli yozilganidan keyin u 6 oy davomida boshqa qoidabuzarlik sodir etmasa, uning jarima ballaridan 2 jarima balli chegirib tashlanadi.
Haydovchining hisobidagi jarima ballari 12 oy ichida 12 ballga yetib qolsa, tegishli hujjatlar sudga inson omilisiz, avtomatik yuboriladi va haydovchi SMS orqali xabardor qilinadi. Qonunga ko‘ra, sud bunday haydovchilarni 6 oydan 3 yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etadi.
Mavzuga oid

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchini jazoladi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

08:34 / 17.05.2025