Eron 11 may kuni yadroviy masalalar bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi
Muzokaralarning to‘rtinchi raundi 3 may kuni o‘tkazilishi kerak edi. Ammo «logistika sabablari»ga ko‘ra, u kechiktirilgandi.

Foto: AP
Eron 11 may kuni O‘monda AQSh bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarning to‘rtinchi raundini o‘tkazish taklifini qabul qildi. Bu haqda ismi oshkor etilmagan manbasiga tayanib, Tasnim agentligi xabar berdi.
Yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish taklifi O‘mon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan bildirilgan.
1 may kuni O‘mon TIV Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarning 3 may sanasiga rejalashtirilgan raundi «logistika sabablari»ga ko‘ra ko‘chirilishini e’lon qilgandi. Maslahatlashuvlarning uchinchi raundi 26 aprel kuni Maskatda bo‘lib o‘tgan.
Tehron o‘z yadro dasturi faqat tinch maqsadlarga qaratilganini aytib keladi, biroq Xalqaro atom energetikasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron allaqachon yuqori darajada boyitilgan uranning katta miqdoriga ega, bu esa unga qisqa vaqt ichida yadroviy qurol yaratish imkonini beradi. 2018 yilda, Donald Tramp o‘zining birinchi muddatida AQShni ko‘p tomonlama yadroviy kelishuvdan olib chiqqanidan beri Eron yadroviy dasturi sezilarli darajada oldinga siljidi. Tramp Eron bilan kelishuvga erishilmasa, ushbu davlat bilan urush bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Avvalroq AQSh Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralar doirasida Tehron o‘zining yuqori boyitilgan uranini uchinchi davlat — masalan, Rossiyaga topshirishini taklif qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmaydi» deb va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025