Mers AQShning Ukrainada Rossiya urushini tugatishdagi asosiy rolini ta’kidladi
Germaniyaning yangi kansleri xorijga ilk safari chog‘ida Makron bilan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish masalasini muhokama qilgan. Mers Germaniyaning Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashdagi roli haqida gapirdi.

Foto: Sean Gallup/Getty Images
Fridrix Mers Germaniya federal kansleri sifatidagi ilk xorijiy safari chog‘ida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish masalalarini muhokama qildi. Mers 7 may, chorshanba kuni Parijda «AQSh tomonidan keyingi siyosiy majburiyatsiz urushni tugatish mumkin emas» dedi. Unga ko‘ra, yevropaliklar AQSh rolini almashtira olmaydi.
Boshqa narsalar qatorida, Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Rossiya o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim yoki tinchlik shartnomasini tuzish uchun kafolatlar berishda ishtirok etishi kerak, deya ta’kidladi Mers. Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar Ukrainada tinch yo‘l bilan tartibga solishni ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor, ammo bunda amerikaliklar ham ishtirok etishi kerak.
AQSh prezidenti Donald Tramp «urushga barham berishga kelganda bizning to‘liq qo‘llab-quvvatlovimizga ishonishi mumkin», dedi Germaniyaning yangi hukumat rahbari. Tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgandan so‘ng, Germaniya «AQSh rahbarligida va ishtirokida» unga rioya etilishini kuzatishda ishtirok etishga tayyor», dedi u. Vashington, shuningdek, NATO va Ukraina oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etishi kerak, deya qo‘shimcha qildi kansler.
Mavzuga oid

15:50
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi

15:01
Putin urushda «Rossiya uchun kerakli natija»ni ma’lum qildi

09:00
Germaniya va Yevropaning uch davlati yetakchilari Tramp bilan Ukrainani muhokama qildi

17:25 / 18.05.2025