Jahon | 21:06 / 06.05.2025
5705
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Jingpingga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Guychjou provinsiyasida sayyohlarning o‘limiga sabab bo‘lgan fojia munosabati bilan Xitoy raisiga ta’ziya yo‘lladi.

Foto: EPA-EFE

Xitoyning Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jingpingga ta’ziya yo‘lladi.

O‘zbekiston prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 may kuni Xitoyning Guychjou provinsiyasida kuchli shamol daryoda suzib yurgan to‘rtta sayyohlik kemasini ag‘darib yuborishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning so‘nggisi 5 may kuni suvdan chiqarib olingan. Qolgan yo‘lovchilar qutqaruvchilar tomonidan qirg‘oqqa olib chiqilgan. Xitoy OAVning yozishicha, 70 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ularning barchasining ahvoli qoniqarli.

Mavzuga oid