BAA maktablarida sun’iy intellektni o‘rgatish boshlanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab mamlakatdagi barcha davlat ta’lim muassasalarida sun’iy intellektni o‘rgatishga qaratilgan fan joriy etiladi.

Foto: Getty images
BAA maktablarida yangi o‘quv yilidan boshlab sun’iy intellektni o‘rgatish bo‘yicha fan paydo bo‘ladi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, sun’iy intellekt bog‘chadan boshlab 12-sinfga qadar barcha davlat ta’lim muassasalarida o‘rgatiladi. Mamlakat bosh vaziri shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning ta’kidlashicha, ushbu qadam bolalarni yangi dunyodagi hayotga tayyorlash uchun zarur.
Ta’lim vaziri Sora Bint Yusuf Al-Amirining so‘zlariga ko‘ra, fan doirasida o‘quvchilar ma’lumotlar va algoritmlarni, amaliy dasturiy ta’minotlar, sun’iy intellektda etika, SI ilovalari, SIga asoslangan innovatsiyalar, SI siyosati va ijtimoiy o‘zaro aloqalarni o‘rganadi. Shuningdek, ular sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish bilan ham shug‘ullana oladi.
«Maqsadimiz sun’iy intellektni texnik jihatdan chuqur tushunishni ta’minlash, shuningdek, uning imkoniyatlari va xavflariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Yangi avlodni biznikidan tubdan farq qiladigan sharoitlarda yashashga tayyorlashimiz kerak», — dedi bosh vazir.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror BAAning iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va neft sektoriga qaramlikni kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli strategiyasining bir qismidir. Mamlakat raqamli texnologiyalarga faol sarmoya kiritib, dunyo sun’iy intellekt markazlaridan biriga aylanishga intilmoqda.
Mavzuga oid

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

21:41 / 08.05.2025
Sun’iy intellekt 2 ming yillik tarixiy o‘ramni virtual tarzda ochdi va o‘qidi

18:00 / 08.05.2025