Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi
Mamlakatda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni taxminan 13,7 millionni tashkil etmoqda - bu bir yil oldingi ko‘rsatkichdan 350 ming kishiga kam.

Foto: Getty images
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 1950 yildan beri yuritib kelinayotgan statistika tarixida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda mamlakat Ma’muriy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi hisobotida so‘z boradi.
Hujjat Yaponiyada nishonlanadigan milliy bayram — Bolalar kuni arafasida e’lon qilingan. 1 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni taxminan 13,7 millionni tashkil etmoqda — bu bir yil oldingi ko‘rsatkichdan 350 ming kishiga kam.
Hisobotda keltirilishicha, 124 million aholi orasida bolalar ulushi 11,1 foizni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Yaponiya BMT reytingiga ko‘ra, aholisi 40 milliondan oshadigan 37 ta davlat orasida oxiridan ikkinchi o‘rinni egallab kelyapti. Reytingda oxirgi o‘rinni Janubiy Koreya egallagan — ushbu mamlakatda bolalar ulushi atigi 10,6 foizga teng.
Yaponiya hukumati tug‘ilish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘ryapti, xususan, bolali oilalar uchun to‘lanadigan nafaqalar oshirilib, bola tug‘ilganida beriladigan ta’tillar tizimi kengaytirilmoqda. Ammo bularning barchasi kutilgan samarani bermayapti.
Avvalroq Yaponiyada tug‘ilish ketma-ket sakkiz yildan beri kamayayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2024 yilning birinchi yarim yilligida mamlakatda tug‘ilish rekord darajada tushib ketgan — 350 ming chaqaloq tug‘ilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga kam demak. O‘tgan yili Tokio demografik inqirozga qarshi kurashning yangi yo‘li — to‘rt kunlik ish haftasini sinab ko‘rishni boshlagan.
Mavzuga oid

14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi

15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi

21:15 / 21.05.2025