Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
Qonuniylikni ta’minlash va poytaxtning me’moriy yaxlitligini saqlash maqsadida maxsus xizmatlar tegishli ruxsat hujjatlari bo‘lmagan reklama konstruksiyalarini olib tashlamoqda.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida ruxsatsiz o‘rnatilgan tashqi reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, qonuniylikni ta’minlash va poytaxtning me’moriy yaxlitligini saqlash maqsadida maxsus xizmatlar tegishli ruxsat hujjatlari bo‘lmagan reklama konstruksiyalarini olib tashlamoqda.
Ta’kidlanishicha, ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama taxtalari, bannerlar va peshlavhalar obodonlashtirish qoidalarini buzib, poytaxt ko‘chalari va tumanlarining ko‘rinishini buzmoqda; Piyodalar yo‘laklari va yo‘l chetlarini to‘sib qo‘yib, ayniqsa kam harakatlanuvchi fuqarolarning yurishini qiyinlashtirmoqda; Yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘dirib, yo‘l belgilarini ko‘rishga xalaqit bermoqda; Muhandislik tarmoqlariga, jumladan sug‘orish kanallariga zarar yetkazib, yomg‘irli mavsumda hududlarning suv bosishiga sabab bo‘lmoqda.
Shahar hokimligi biznes egalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va ijarachilardan jarimalar va qo‘shimcha xarajatlardan saqlanish uchun noqonuniy obektlarni bartaraf etishga chaqiryapti.
Eslatilishicha, tashqi reklamani joylashtirish uchun yagona qonuniy asos - Toshkent shahri vakolatli organlari tomonidan berilgan hujjatlardir.
Mavzuga oid

22:36 / 14.05.2025
Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025