O‘zbekiston | 14:06 / 03.05.2025
2984
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

Joriy yilning 30 aprel kuni imzolangan yangi farmon bilan prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

🔹bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;
🔹bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi ta’minlanadi;
🔹oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi;
🔹respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtiriladi.

Mavzuga oid