O‘zbekiston | 22:45 / 03.05.2025
4171
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

5-7 may kunlari respublika bo‘yicha havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» hafta boshida, 5-7 may kunlari ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 5 may kuni kechasi +15...+20 daraja, 6-7 may kunlari +18...+23 daraja, 5-6 kunlari kunduzi +32...+37 daraja, 7 may kuni +30...+35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 5 mayda +30...+35 daraja, 6-7 mayda +32...+37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid