TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda
Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarshi urushayotgani aytilgan mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekistonning vakolatli organlari o‘rganmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra tegishli choralar ko‘riladi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston rasmiylari Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiya armiyasiga yollangani aytilayotgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Bu haqda Kun.uz'ga Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq Ukraina hukumatiga aloqador “Xochu jit” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan 1100 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosining ro‘yxatini e’lon qilgandi.
TIV matbuot kotibi Ahror Burhonovga ko‘ra, e’lon qilingan ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan tekshirilmoqda.
U O‘zbekiston qonunchiligi bilan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi taqiqlanganini ta’kidlab, ma’lumotlar tasdiqlangan taqdirda, tegishli choralar ko‘rilishini bildirdi.
“Xochu jit” e’lon qilgan ma’lumotlarda Ukrainaga qarshi urushayotgan bir qator o‘zbekistonliklarda Rossiya fuqaroligi ham borligi qayd etilgan. Ahror Burhonov O‘zbekistonda ikki fuqarolik taqiqlanganini bildirib, bu borada ham tegishli choralar ko‘rilishi qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiylari “O‘zbekiston fuqarolarini xorijdagi harbiy harakatlarga jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini doimiy ravishda bildirib keladi”.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bungacha bir necha bor murojaat bilan chiqib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalarini eslatgan.
JKning 154-moddasiga ko‘ra, harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga sabab bo‘ladi. Urushga odamlarni yollash, ularni o‘qitish va ulardan harbiy harakatlarda foydalanish 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
JKning 154-1-moddasiga asosan, chet davlatlar harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollangan O‘zbekiston fuqarolari 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Ayni moddalar bo‘yicha ochilgan jinoyat ishlarining ayrimlari:
Mavzuga oid

20:22 / 19.05.2025
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilishdan oldin Zelenskiy bilan gaplashdi

15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi

15:01 / 19.05.2025
Putin urushda «Rossiya uchun kerakli natija»ni ma’lum qildi

09:00 / 19.05.2025