O‘zbekiston | 14:38 / 02.05.2025
1197
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi

Ispaniyaning El Mundo Financiero elektron nashrida "O‘zbekiston xalqaro transport yo‘nalishlarini kengaytirmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

"O‘zbekiston yangi xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish va mavjudlarini rivojlantirishda Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston CASCA+ xalqaro multimodal transport koridorining (Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarboyjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa) ishtirokchisi bo‘lib, uning doirasida Transkaspiy yo‘nalishi ishlab chiqilmoqda", – deyilgan maqolada.

Qayd etilishicha, 2019 yil 20 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Transport vazirligi ishtirokida temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining (Ozarboyjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston) besh tomonlama yig‘ilishining "Osiyo-Tinch okeani mintaqasi – Qirg‘iziston – Yevropa davlatlari – Xitoy – Yevropa davlatlari" xalqaro multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha Bayonnomasi imzolangan edi. 2021 yil 17 dekabrda Turkiya ushbu bayonnomaga qo‘shildi.

O‘zbekiston prezidenti 2023 yil iyun oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlarining uchrashuvida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya aloqalarini, birinchi navbatda, O‘rta yo‘lakni shakllantirish orqali mamlakatlar sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligini alohida ta’kidladi.

"Yevropa Ittifoqining "Global darvoza" dasturi ham O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Janubiy Kavkaz mamlakatlari va Turkiya bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda", – qayd etilgan nashrda.

Mavzuga oid