Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar bola ham bor. Fojia avtobus haydovchisining rulda uxlab qolishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Foto: GMA News Online
Filippindagi Subik-Klark-Tarlak avtomagistralida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 10 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Tarlak provinsiyasi politsiya boshqarmasi boshlig‘i Romel Santos ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, avtobus pulli magistral uchun haydovchisi to‘lovni amalga oshirayotgan furgon bilan to‘qnashgan. Furgon esa o‘zidan oldinda to‘lov uchun navbat kutib turgan avtomobilga urilgan. Shunday qilib, yana bir nechta avtomobil bir-biri bilan to‘qnashgan. Halok bo‘lganlar o‘z avtomobillarida qisilib qolgan.
Santosning aytishicha, avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan. U politsiyaga rulda uxlab qolganini aytgan. Avtomobil yo‘lovchilari yengil jarohatlar bilan kifoyalangan.
Haydovchi avtobus tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi Solid North Transit Inc kompaniyasida ishlagan. Transport vaziri Vins Dizon kompaniyaning mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Mavzuga oid

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025