Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
«Yuventus» va «Verona»ga gol urgan, «Inter»ga qarshi o‘yinda g‘alaba goliga hammualliflik qilgan hujumchi muxlislar tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Roma» klubi aprel oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun ovoz berish yakunlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov joriy mavsumda ikkinchi bor Rim klubida oy futbolchisi deb topildi. O‘zbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida 4 nomzod orasida eng ko‘p ovoz to‘plab, oy laureatiga aylandi. Muxlislar tanloviga ko‘ra, u Soule, Svilar va Ndikani katta farq bilan ortda qoldirgan.
Aprel oyida «Roma» A seriya doirasida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi, avvaliga «Yuventus» va «Latsio» kabi jiddiy raqiblarga qarshi o‘yinlarda durang hisoblar (1:1, 1:1) qayd etildi, keyin «Verona» hamda turnir jadvali peshqadami «Inter» minimal hisoblarda mag‘lub etildi (1:0, 1:0).
«Yuventus»ga qarshi o‘yinda Shomurodov zaxiradan tushib hisobni tenglashtirgandi, «Latsio»ga qarshi o‘yinda ham u ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va faol harakatlari bilan ajralib turdi.
«Verona»ga qarshi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi 4-daqiqadayoq g‘alaba golini urdi, «Inter»ga qarshi o‘yinda ham ilk daqiqalardan harakatlanib, Soulening o‘yinda yagonaligini saqlab qolgan goliga uzatma berdi.
Klaudio Raniyeri boshqaruvidagi jamoa 18 turdan buyon yutqazmayapti va mavsum yakuniga 4 tur qolganida YeChL uchun kurashni davom ettirmoqda, ayni vaqtda 60 ochko jamg‘argan va 6-o‘rinda joylashgan «bo‘rilar» asosiy yevrokubokka yo‘llanma beruvchi so‘nggi to‘rtinchi o‘rindagi «Yuventus»ni ikki ochkolik farq bilan ta’qib etmoqda.
Rimliklar keyingi turda «Fiorentina»ni qabul qiladi. Ushbu o‘yinda jamoa ustozi Klaudio Raniyeri o‘zbekistonlik hujumchi haqida iliq fikrlar bildirib, u jamoaning asosiy tarkib futbolchisi ekanini aytdi.
«Shomurodov ertangi o‘yinda Dovbik bilan birga maydonga tushishi mumkin. Eldor – jamoaning asosiy futbolchisi. U o‘zini o‘yinga 100 foizga bag‘ishlaydi. Ko‘p marta bosim ostida ishladi, lekin umuman ortga chekingani yo‘q. Uni aynan shuning uchun yaxshi ko‘raman. Eldor – tilla yigit», – degan u.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov fevral oyida ilk bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari

11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari

09:50 / 20.04.2025