Zelenskiy Aleksey Arestovichga qarshi sanksiya qo‘lladi
2023 yildan beri xorijda yashab kelayotgan Ukraina prezidenti ofisi rahbarining sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovich aprel o‘rtalarida jurnalist va blogerlarga qarshi sanksiyalari qo‘llanayotgani tufayli Ukraina hukumatini tanqid qilgandi.

Foto: Getty images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining (MXMK) alohida jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritadigan farmonni imzoladi.
Umumiy hisobda 76 kishi va 81 ta kompaniyaga qarshi cheklovlar joriy etildi. Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlar orasida Ukraina prezidenti ofisi rahbarining sobiq maslahatchisi Aleksey Aristovich ham bor — u mamlakatdan chiqib ketgan.
Aprel o‘rtalarida Arestovich MXMKning jurnalist va blogerlarga qarshi sanksiyalari tufayli Ukraina hukumatini tanqid qilgandi. Xususan, u sanksiyalar siyosiy raqiblarga qarshi chora ko‘rish vositasiga aylanib qolganini aytgan.
Aleksey Arestovich 2023 yil yanvarda, Dniprodagi turar joy binosini vayron qilgan Rossiya raketasini Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi urib tushirgan bo‘lishi mumkinligi borasida o‘z taxminini bildirganidan keyin, Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi lavozimini tark etgandi.
Ukrainada Arestovichga qarshi ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan — ulardan biri «zo‘ravonlikni targ‘ib qilgani» uchun (videodagi ayollar haqidagi so‘zlari tufayli), ikkinchisi — yolg‘on guvohlik bergani uchun (Oliy rada deputati bilan rus tili borasida yuzaga kelgan mojaro sabab).
Rossiyada Arestovich terrorizmga ommaviy chaqiriqlar va rus armiyasi haqida «feyklar» tarqaganlikda ayblanmoqda. U «Rosfinmonitoring»ning «terrorchi va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritilgan va sirtdan hibsga olingan.
Mavzuga oid

23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

21:14 / 23.05.2025
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi

15:51 / 23.05.2025
Rossiya memorandumni imzolash uchun Zelenskiyni chetlatishni talab qilmoqda

13:45 / 23.05.2025