Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi
Vazirlar Mahkamasining «Sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar uchun servis xizmatlarini ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish va mutaxassislar malakasini oshirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Mahalliy mutaxassislarning xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirishini tashkil etish hamda korxonaning malaka oshirish xarajatlarini qoplab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mahalliy mutaxassislarning xorijda malaka oshirishlarini tashkil etish va mahalliy korxonaning malaka oshirish xarajatlarini qoplash Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda uskunalarni xarid qilish shartnomalariga muvofiq ularni ishga tushirish, xodimlarni o‘qitish va o‘rgatish xizmatlari uskunalarni yetkazib beruvchi hamkor tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan holatlar bundan mustasno.
Mahalliy korxona quyidagi uyushmalarning biriga xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlari bilan muzokaralar yuritish to‘g‘risida buyurtmanoma yo‘llaydi:
- «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi;
- «Hunarmand» uyushmasi;
- «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi;
- «O‘zcharmsanoat» uyushmasi;
- «O‘zeltexsanoat» uyushmasi;
- «O‘zyog‘moysanoati» uyushmasi;
- «O‘zsanoatqurilishmateriallar» uyushmasi;
- «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi;
- «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi;
- «Parrandasanoat» uyushmasi;
- «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi;
- «Gul yetishtiruvchilar» uyushmasi;
- «O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi.
O‘z navbatida, assotsiatsiya xorijiy zavod bilan muzokaralarni tashkillashtiradi. Muzokaralar natijasi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga muvofiq mahalliy korxona hamda xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodi o‘rtasida import o‘rnini bosuvchi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida shartnoma tuziladi.
Malaka oshirish xarajatlarini qoplash uchun korxona tegishli tarmoq uyushmasiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi;
mahalliy korxona va mahalliy mutaxassis o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
xorijdagi ishlab chiqaruvchi zavod bilan shartnoma;
to‘lovni, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Tarmoq uyushmalari murojaatlarni umumlashtiradi va Savdo-sanoat palatasi orqali Jamg‘armaga taqdim etadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi organi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga to‘lov talabnomasini yuboradi. Qo‘mita uyushmaga tegishli mablag‘larini o‘tkazadi.
Mavzuga oid

13:35 / 03.03.2025
Ayrim pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi

17:50 / 01.03.2025
Ko‘chatlar nima sababdan quriydi, ularni qanday ekish kerak o‘zi? – mutaxassis bunga javob berdi

14:31 / 01.02.2025
Britaniya O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etadi

10:39 / 30.01.2025