Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.

Foto: Kun.uz
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qabul qilindi.
Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, ushbu qonun bilan 13 turdagi litsenziya va ruxsatnoma talabi bekor qilinmoqda. 3 turdagi litsenziya xabarnoma shakliga o‘tkazilmoqda.
Jumladan, endi turizm agenti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Endi qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullanishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Mavzuga oid

13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

14:26 / 29.04.2025