Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Qo‘shma korxona yil oxirigacha ishga tushirilishi, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi 100 million dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Transport budushchego
Rossiyaning «Transport budushchego» kompaniyasi 2025 yil oxirigacha O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushiradi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Yuriy Kozarenko «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasining yalpi majlisida ma’lum qildi.
«Biz bozorni tahlil qildik va shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda o‘n minglab dronlarni bozorga iqtisodiy va samarali integratsiyalash mumkin, bu esa ko‘proq rentabellikni ta’minlamoqda. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasida qurilayotgan qo‘shma korxonamiz joriy yil oxirigacha ishga tushiriladi, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi 100 million dollardan ortiq bo‘lishini kutmoqdamiz. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi mahsulotlarini mahalliylashtirish darajasida faqat 50 foizni tashkil etadi. Ya’ni, bu ishlanma, ishlab chiqarish va dronlardan foydalanish uchun alohida blok», dedi u.
Kozarenko so‘zlariga ko‘ra, dronlardan foydalanish uchun Rosaviatsiya va O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (O‘zAviatsiya) bilan bir qancha ishlarni amalga oshirish kerak.
«Bu dronlardan foydalanish xavfsiz va tejamkor bo‘lishi uchun infratuzilmani tashkil qilishdir. Bu biz respublikada ham o‘z zimmamizga olgan va hamkasblarimiz bilan birgalikda olib borayotgan ish», deb qo‘shimcha qildi bosh direktor.
«Transport budushchego» O‘zbekistonga loyihalarni birgalikda amalga oshirishni taklif qilmoqda, bunda «Rossiya Federatsiyasi nafaqat texnologiyalarni uzatuvchi, balki texnologiyalarni qabul qiluvchi va mahsulot qabul qiluvchi tomonga ham aylanadi», dedi Kozarenko.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariyada suvda cho‘kkan o‘zbekistonlik talabaning vafoti tasdiqlandi. TIV zarur choralar ko‘rmoqda
Jamiyat | 19:16
-
Mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 18:57
-
AQSh Venesuela prezidentini hibsga olish uchun mukofotni 50 million dollargacha oshirdi
Jahon | 18:55
-
Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi
Iqtisodiyot | 18:41
Mavzuga oid

11:15
Rossiya «Vagner»ni «Afrika korpusi» bilan almashtirmoqchi.

10:38
Tramp endi Putindan Zelenskiy bilan uchrashishni talab qilmayapti

10:13
Muddat tugayapti. Putinni qo‘rqita oladigan eng yomon ssenariy nima?

08:10