Ijtimoiy himoya kodeksi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, loyihada:
- ijtimoiy ta’minotga taalluqli barcha normalarni yagona hujjatda tizimga solish;
- fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini tizimga solish;
- ijtimoiy ta’minot prinsiplari va tushunchalarini mustahkamlash;
- ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
- aholining ijtimoiy farovonligi indeksini joriy qilish masalalarini mustahkamlash nazarda tutiladi.
Bunda, xalqaro standartlar va xorijiy tajribani o‘rganish asosida tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy himoyaga doir amaldagi qonunchilik maqbullashtiriladi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Umumlashtirilgan natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasi belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va inson huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash mo‘ljallangan.
Bunda, biznes va inson huquqlari bo‘yicha milliy harakatlar rejasi qabul qilinadi.
Milliy harakatlar rejasi ijrosi bo‘yicha doimiy monitoring o‘rnatiladi. Monitoring natijalari yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumot Oliy Majlis palatalari, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasiga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

10:44 / 14.05.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

12:14 / 30.04.2025
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

23:12 / 29.04.2025