Germaniyada ruslar haqidagi bessellerlar muallifi Aleksandra Fryolix o‘ldirildi
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yozuvchi qattiq jism zarbasidan vafot etgan. Aleksandra Fryolix «Mening rus qaynonam va boshqa falokatlar» romani tufayli mashhur bo‘lgan. Ilgari u Kiyevda yashab, ishlagan.

Foto: Melanie Dreysse/dpa/picture alliance
«Mening rus qaynonam va boshqa falokatlar» romani va uning davomi - «Ruslar bilan sayohat» nashr etilgandan so‘ng mashhurlikka erishgan yozuvchi Aleksandra Fryolix Gamburgda o‘ldirib ketildi. Germaniyaning Focus Online va Bild nashrlari 28 aprel, dushanba kuni politsiya vakillariga tayanib, 58 yoshli ayolning o‘limiga qattiq jismdan yetkazilgan jarohat sabab bo‘lganini yozdi.
Hozircha qotillikda gumon qilingan shaxs aniqlanmadi, tergov davom etmoqda. O‘z navbatida, NDR telekanali huquq-tartibot idoralari xodimlari e’tiboriga Fryolixning yaqin qarindoshi tushganini ta’kidlaydi. Gamburg politsiyasi ham yozuvchi 22 aprel kuni ertalab o‘g‘illaridan biri yashagan suzib yuruvchi uyda o‘lik holda topilganini tasdiqladi.
Focus Online Aleksandra Fryolixni so‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli nemis yozuvchilaridan biri deb ataydi. 2012 yilda «Mening rus qaynonam va boshqa falokatlar» romani nashr etilib, u Der Spiegel haftaligining bessellerlar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng, Fryolix roman o‘zining tajribasiga asoslanganligini aytdi.
Yozuvchining uch o‘g‘lidan ikkitasining otasi rossiyalik bo‘lib, Fryolix ular bilan ajrashgan, deb yozgan Hamburger Abendblatt gazetasi 2014 yilda «Ruslar bilan sayohat» romani chop etilgandan keyin. 2016 yilda Fryolixning yana bir romani «O‘lim muqarrar» va 2019 yilda «Shkafdagi skeletlar» chop etildi.
Yozuvchilikdan tashqari, u nemis ommaviy axborot vositalarida, jumladan Der Stern, Petra va Freundin uchun mustaqil muallif sifatida ishlagan. Fryolix o‘zining jurnalistik faoliyatini Kiyevda boshlagan va u yerda ayollar jurnallarini rivojlantirgan.
Mavzuga oid

23:06 / 01.06.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi

15:50 / 29.05.2025
Germaniyada uch nafar rossiyalik josusga ayblov e’lon qilindi

15:05 / 29.05.2025
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi

13:12 / 29.05.2025