Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
Ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish va «yashil iqtisodiyot» tamoyillarini targ‘ib etish maqsadida poytaxtda Toshkent gullari festivali bo‘lib o‘tadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, festivalning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.
Gullar festivali munosabati bilan 29 apreldan 3 maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
— Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Ko‘rsatilgan davr ichida muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilingan.
Mavzuga oid

08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi

08:09 / 29.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi

11:37 / 22.04.2025
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi

09:54 / 14.04.2025