SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi
Gazeta ekspertlari buni ikki davlat o‘rtasida avj olgan savdo urushi oqibatlaridan qochishga urinish deb atamoqda.

Foto: Getty images
Neft-kimyodan tortib suvenirlar ishlab chiqarishgacha ixtisoslashgan Xitoy kompaniyalari ikki davlat o‘rtasida kuchayib borayotgan savdo urushi oqibatlaridan qutulishga urinib, AQShda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda South China Morning Post yozmoqda.
Xitoy kompaniyalariga Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga yordam beradigan konsalting kompaniyasi rahbari Chju Ning gazetaga so‘nggi to‘rt oyning o‘zida kamida 100 ta so‘rov olganini aytdi, bu «o‘tgan yildagi jami so‘rovga teng».
«Buyurtmalarimizning qariyb 95 foizi Qo‘shma Shtatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu biz yo‘qotishimiz mumkin bo‘lgan bozor emas», — deya sharqiy Xitoydagi sovg‘alar ishlab chiqaruvchi biznes egasi Rayan Chjoudan iqtibos keltiradi gazeta. Hozir u Dallasda (Texas) yangi zavod ochishga harakat qilmoqda.
«Biz aminmizki, AQSh dollari dunyoda hukmronligicha qolar ekan, Amerika eng yirik iste’mol bozori bo‘laveradi», dedi Rayan Chjou.
Shenjyenda joylashgan elektron komponentlar kompaniyasi bosh direktori Leo Li shu oy boshida Nevada shtatida yangi zavod ochdi. Zavod kichik ta’minot zanjirlari va kam mehnat talablari bo‘lgan sensor modullarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan. «Ha, mening xarajatlarim oshadi, lekin 145 foizlik tariflar kabi yomon bo‘lmadi. Maqsadimiz — mavjud buyurtmalar hajmini saqlab qolish», — deya ta’kidladi tadbirkor.
Pekinda joylashgan Chem1 konsalting firmasi asoschisi Ye Ingminning so‘zlariga ko‘ra, neftni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi neft-kimyo kompaniyalari uchun AQShda zavodlar qurish hozirgi sharoitda ayniqsa mantiqiy qadamdek ko‘rinyapti. Ilgari kompaniyalar xomashyoni Qo‘shma Shtatlardan import qilib, keyin qayta ishlangandan so‘ng tayyor mahsulotlarni Amerikaga jo‘natishardi. Ammo bu biznes modeli endi kompaniyalarni tariflarni ikki baravar oshirishga majbur qilmoqda, dedi u. «Xomashyo umumiy xarajatlarning 80 foizidan 90 foizigacha bo‘lgan neft-kimyoni qayta ishlash sanoati uchun hatto 10 foiz tarif ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi», dedi Ye Ingmin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar aniqlandi
Jamiyat | 12:21
-
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda
O‘zbekiston | 11:46
-
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

11:20
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi

11:14
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

00:40
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi

00:03