Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi
23 aprel kuni Istanbul va uning atrofidagi hududlarda davomli zilzilalar sodir bo‘larkan, aholini qo‘rquv bosdi. Rasmiylar va hokimiyat vakillari odamlarni uy ichida qolmaslikka chaqirib, yer qimirlashi qaytalashidan ogohlantirdi. Qo‘rqqanimiz uchun oilamiz a’zolari bilan masjidda tong ottirdik, deydi bugun Istanbulda yashovchi yurtdoshimiz Otabek Tillayev.

Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotiga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Marmar dengizi hududida, Istanbulning g‘arbiy chekkalaridan uzoq bo‘lmagan hududda qayd etilgan. Rasmiylar keyingi soatlar mobaynida 50 dan ortiq aftershok sodir bo‘lganini ma’lum qildi. 6,2 magnitudali zilzilada yer 13 soniya davomida qimirlab turgan. Suhbatdoshimizning so‘zlariga ko‘ra, 23 aprel Turkiyada milliy bayram bo‘lgani uchun aholi dam olishda bo‘lgan va ma’lum ma’noda bu istanbulliklarning omadi edi. Odamlar darrov ko‘chaga otildi, dastavval o‘zlari, ularning ortidan esa birin-ketin keksalar chiqib kelishdi, deydi Otabek Tillayev.
“Kuchli yer silkishini bo‘ldi, o‘shanda mahalliy vaqt bilan soat 12:49 edi. Odamlar tabiiyki, ko‘chaga otildi, yoshi kattalar esa birozdan keyin pastga tushishdi. Zilziladan keyin rasmiylar darrov aholiga murojaat qilib, aftershoklar bo‘lishidan ogohlantirdi. Kechga qadar turli joylarda vaqt o‘tkazdik, lekin yer qimirlashidan keyin qayta ichkariga kirishga ko‘pchilik qo‘rqdi. Odamlar shunda ko‘chalarda chodir tikib, tunashga qaror qildi” – Otabek Tillayev
Suhbatdoshimizga ko‘ra, seysmologlar orasida va zilzila bo‘yicha qarashlarda ham bo‘linishlar bor. Televideniye orqali zilzila muhokamasi davomiy bo‘lmoqda, ba’zi seysmologlar buni kutilgan zilzila desa, ba’zilari asosiy zilzilalar hali oldinda ekanidan ogohlantirmoqda. Bosim yig‘ilib bormoqda, oldinda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzila 7-7,5 ballgacha bo‘lishi mumkinligi aytiladi, deydi yurtdoshimiz.
Rasmiylarga ko‘ra, zilziladan qo‘rqib yuqori qavatdan o‘zini pastga otganlar soni 150 dan ortiq va ular shifoxonalarda davolanmoqda. Turkiya hozirga qadar zilzila oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q desa-da, zilzila qo‘rquvidan vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi bor. Bu haqida davlatning Istanbuldagi konsulligi ma’lum qilgan. U fuqaro jasadi O‘zbekistonga jo‘natilgan.
Zilzila vaqtida odamlarning harakati va favqulodda vaziyatlarga tayyorligi muhim. Turkiya seysmologik faol hududda joylashgani bois aholi hayoti va mediadagi kun tartibda zilzila doim asosiy mavzulardan bo‘ladi. Odamlar juda tartibli harakatlandi, deydi Otabek Tillayev.
“Zilzila bo‘lishi bilan hamma tashqariga chiqarkan, odamlarning bino yo‘q tekis bir joyga to‘planayotganiga guvoh bo‘ldim. Odamlar tartib bilan harakat qilishdi, qo‘llarida zilzila xaltasi bilan chiqqanlarni ham ko‘rdim. Uning ichida dori-darmon, suv, oziq-ovqat bo‘ladi. Odamlar kuchli qo‘rquvda edi, mana, sekin-asta unutyapmiz. Mening uyim 1-qavatda joylashgani bois kechqurun uyda tunashga qaror qilgandik, biroq kechqurun 00:00 dan oshgach yer yana qimirladi. Shundan keyin masjidda qolishga qaror qildik” – Otabek Tillayev
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda rasmiylar istanbulliklarni kuchli zilziladan ogohlantirib kelayotgandi. Xususan, qirg‘oqqa yaqin shaharlarda sirenalar, odamlarni ogohlantirish vositalar o‘rnatilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

19:21 / 09.07.2025
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

18:55 / 09.07.2025
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi

17:42 / 09.07.2025
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi

22:21 / 07.07.2025