Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
AQSh prezidentining fikricha, bu badavlat insonlar mamlakatni tark etishiga olib keladi.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp badavlat amerikaliklarga solinadigan soliq miqdorini oshirishni «o‘ta falokatli» deb atadi. Uning fikricha, bunday holatda boy odamlar mamlakatni tark eta boshlaydi.
«O‘ylashimcha, bu o‘ta falokatli bo‘lardi, millionerlar mamlakatni tark eta boshlaydi. Bu ishni qilgan boshqa davlatlar ko‘plab odamlarini yo‘qotgan. Ular boy fuqarolaridan ayrilgan. Bu yomon, chunki boy odamlar soliq to‘laydi», — deydi Tramp.
So‘nggi haftalarda Respublikachilar partiyasi vakillari eng boy qatlam uchun soliqlarni oshirish imkoniyatini faol muhokama qilmoqda. Gap yillik daromadi 1 million dollardan oshadiganlar uchun joriy 37 foizlik stavkani 40 foizgacha ko‘tarish haqida boryapti.
OAVga ko‘ra, odatda soliq oshirishga qarshi bo‘lgan respublikachilar uchun bunday taklif — noodatiy, budjetga qo‘shimcha daromad topish zarurati va partiyaning elektorat bazasi ishchi sinfga tomon siljiyotgani bilan izohlanmoqda. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, boylarga solinadigan soliqni 40 foizgacha oshirish yaqin o‘n yillikda davlat budjetiga qo‘shimcha 400 milliard dollar olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp 180 mamlakat uchun savdo bojlari joriy etgan va 9 apreldan ularning barchasi kuchga kirgandi. Bojlar e’lon qilinganidan so‘ng dunyoning eng boy 10 kishisi 170 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘qotgan. Bu Trampning o‘ziga ham ta’sir qildi (uning boyligi 500 millionga kamaydi), ammo so‘nggi voqealar uning asosiy homiysi va maslahatchisi, milliarder Ilon Mask uchun ancha og‘riqli kechmoqda.
Tavsiya etamiz
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
Jahon | 21:25
-
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi
Jahon | 21:22
-
“Agar emas, qachonki...” - Lixachev O‘zbekistonda katta AES qurilishi haqida
O‘zbekiston | 21:20
-
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
Fan-texnika | 21:02
Mavzuga oid

21:22
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

19:29
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda

16:21