Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latovdan bir qancha masalalarga oydinlik kiritish so‘ralgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasi transport vositalarini qisqa muddatga ijaraga berish faoliyatini noqonuniy amalga oshirish holatlari va buning oqibatida kelib chiqayotgan og‘ir holatlar yuzasidan jiddiy tashvish bildirib, Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga deputat so‘rovi bilan murojaat qildi.
Fraksiya a’zosi Dilmurod Ismoilov tomonidan yuborilgan so‘rovda ayrim «tadbirkorlar» inson hayoti va sog‘lig‘idan o‘z manfaatlarini ustun qo‘yib, belgilangan qoidalarni chetlab o‘tayotganiga» e’tibor qaratilgan.
Qayd qilinishicha, transport vositalarini ijaraga berish faoliyati bilan faqat qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar shug‘ullanishi va ijarachidan, albatta, tegishli haydovchilik guvohnomasi taqdim etilishi shart.
Biroq, amalda bu talablarga har doim ham rioya etilmayapti. Bunga misol sifatida so‘nggi kunlarda Namangan viloyatida yuz bergan bir qator ayanchli hodisalar keltirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bir qancha telegram guruhlari orqali yuqoridagi qaror talablariga zid ravishda, hatto voyaga yetmagan va transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarga ham avtomobillar ijaraga berilmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, og‘ir yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, 2024 yil 2 oktabr kuni Namangan shahrida noqonuniy ijaraga berilgan Gentra avtomashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida 3 nafar o‘smir hayotdan ko‘z yumgan.
Shu munosabat bilan, Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latovdan quyidagi masalalarga oydinlik kiritish so‘ralgan:
Birinchidan, avtomototransport vositalarini qisqa muddatga ijaraga berish faoliyatini noqonuniy amalga oshiruvchi shaxslarni barvaqt aniqlash borasida qanday ishlar qilinmoqda?
Ikkinchidan, aniqlangan qonunbuzarlarga nisbatan qanday choralar ko‘rilmoqda?
Uchinchidan, bu kabi huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
To‘rtinchidan, mazkur masala yuzasidan vazirlarning shaxsiy nuqtai nazari qanday?
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
Mavzuga oid

10:00
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

09:16
Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentraʼda qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

15:36 / 09.07.2025
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi

15:24 / 09.07.2025