Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
O‘rmon yong‘inlaridan keyin ko‘plab hayvonlar og‘ir jarohat olgan. Avstraliya rasmiylari koalalarni azobdan qutqarish maqsadida ularni otib o‘ldirish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Foto: Shutterstock
Avstraliyaning Viktoriya shtatida o‘tgan oy davomida 750 ga yaqin koala otib o‘ldirildi, deb xabar beradi Sky News.
Qayd etilishicha, Budj Bim milliy bog‘idagi yuzlab hayvonlar o‘rmon yong‘inidan keyingi rejalashtirilgan tadbirlar doirasida yo‘q qilingan. O‘tgan oy yong‘in natijasida u yerda 2 mingga yaqin butazor yakson bo‘lgan. Mahalliy hukumatning ta’kidlashicha, ularda shunday yo‘l tutishdan boshqa chora qolmagan — ko‘plab koalalar og‘ir jarohat olgan, suvsizlikdan azoblangan va ochlikdan o‘lar holatga kelib qolgan.
Vertolyotdan turib hayvonlarni o‘qqa tutish operatsiyasi shtatda birinchi marta amalga oshirilgan. Shtat bosh vaziri Jasinta Allaning so‘zlariga ko‘ra, nishonga olingan koalalar og‘ir ahvolda bo‘lgan. Siyosatchi ularni yo‘q qilish qarori tegishli baholashlardan keyin qabul qilinganini bildirdi.
Rasmiylarning bu kabi harakati ayrim hayvon himoyachilari tomonidan tanqid ostiga olindi. Koala Alliance rahbari Jyess Roberson vertolyotdan turib koalaning ahvoli qanday ekanini aniqlash mumkinligiga shubha bildirgan. Hayvonlar uchun adolat partiyasi vakili Jorjia Persell esa vertolyotdan turib hatto koala o‘z xaltasida bolasini ko‘tarib yurgan yoki yurmagani ham ko‘rinmasligini ta’kidlagan. Ya’ni bu kabi holatda koala bolalari ham jabrlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

20:40 / 04.07.2025
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi

22:37 / 29.06.2025
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi

13:43 / 11.06.2025