Sertifikatlash va texnik nazorat sohasidagi islohotlar: nimalar o‘zgaradi va bu bizga nima beradi?
Oziq-ovqat xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya nazorati tizimida yengilliklar joriy qilinmoqda. Ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va import qilishda qat’iy nazorat tartiblariga 2025 yil yakunigacha vaqtincha amal qilinmaydi.

Foto: iStock
Bu nima degani?
Avvallari oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar ovqatlari, ichimliklar yoki o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va chetdan olib kirish uchun turli xil ruxsatnomalar, sanitariya va veterinariya xulosalari, sertifikatlar olinishi shart edi. Bu esa ko‘p vaqt, mablag‘ va hujjatlashtirishni talab qilardi.
Endilikda:
1. Mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uchun laboratoriya natijalari asosida alohida sanitariya-epidemiologik sertifikat olish talab qilinmaydi.
2. Bolalar ovqatlari, parhez mahsulotlar, biologik faol yoki yangi texnologiya asosida ishlab chiqilgan oziq-ovqatlar uchun texnik hujjatlarni (retsept, qadoqlash, markirovka, ishlab chiqarish shartlari va boshqalar) Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan majburiy kelishish shart emas.
3. Alkogolsiz ichimliklar uchun qo‘shimchalar yoki butlovchi qismlarni mamlakatga olib kirishda har bir partiya uchun alohida sertifikat talab etilmaydi.
4. Fitosanitariya sertifikati faqat gigiyenik yoki veterinariya xulosasi mavjud bo‘lmagan hollarda so‘raladi.
5. O‘simlik mahsulotlari, matolar, ipak, g‘alla, paxta, o‘yinchoqlar va sport anjomlari uchun veterinariya sertifikatlash vaqtincha bekor qilinmoqda.
Bu islohotlar nimasi bilan muhim?
– tadbirkorlar uchun qulaylik yaratiladi – ishlab chiqarish yoki import jarayoni soddalashadi;
– vaqt va xarajat tejaladi – byurokratik to‘siqlar kamayadi, hujjatlarni olishga ketadigan mablag‘ qisqaradi;
- mahsulotlar tezroq bozorga chiqadi – yangi retsept yoki texnologiya asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tez fursatda iste’molchiga yetkaziladi;
- ichki bozor faollashadi – soddalashtirilgan tartiblar bozor raqobatini oshiradi, natijada iste’molchi uchun mahsulotlar xilma-xil va nisbatan arzon bo‘ladi.
Xullas, ushbu islohotlar ortiqcha hujjatbozlikni kamaytirish, ishlab chiqaruvchilar va importyorlar faoliyatini yengillashtirish, shuningdek, bozor mexanizmlarini faollashtirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyevani e’tirof etgan Putin, Parkentda quriladigan kurort va O‘zbekistondan ketayotgan Magnum – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:56
-
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi
Jahon | 22:37
-
“Yuksalish” “O‘zsuvta’minot”ga qarshi – ikki tashkilot nega bahslashdi?
O‘zbekiston | 22:31
-
Isroil hujumlari fonida Eron va AQSh muzokaralari o‘tkazildi – OAV
Jahon | 22:26
Mavzuga oid

16:07 / 18.04.2025
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi

13:39 / 13.03.2021
Mahsulotlarni sertifikatlash qanday amalga oshirilishi aniqlashtirildi

08:03 / 16.12.2019