Inson huquqlari bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiya tasdiqlanadi
"Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmon loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Shutterstock
Quyidagilar O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish;
- 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish hamda inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar uzviyligini ta’minlash;
- bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari vakillari huquqlarini himoya qilish tizimini kuchaytirish, inklyuziv jamiyat asoslarini rivojlantirish;
- inson huquqlari sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini yanada yaxshilash, O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishini monitoring qilishda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘zaro hamkorligining qonunchilik asoslari va huquqiy amaliyotini kuchaytirish;
- shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarni himoya qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining ochiqligi va o‘zaro hamkorligi samaradorligini ta’minlash;
- O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning faoliyatini takomillashtirish.
Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
a) vazirlik va idoralar har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markaziga farmon bilan tasdiqlangan strategiya va «Yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar. Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir;
b) Markaz Milliy strategiya va «Yo‘l xaritasi»ning amalga oshirilishi yuzasidan:
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
doimiy ravishda aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni o‘z veb-saytida joylashtirib boradi;
har olti oyda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi va Oliy Majlis palatalariga umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini ta’minlaydi.
Quyidagilarga:
a) Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasiga vazirlik va idoralar rahbarlarining milliy strategiya va «Yo‘l xaritasi»ning ijro holati yuzasidan axborotini har yarim yilda eshitish va tanqidiy muhokama qilish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlariga vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining milliy strategiya va «Yo‘l xaritasi»ning hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan axborotini eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
-
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

07:47 / 28.06.2025
YeI sammitida Isroil G‘azoda inson huquqlarini poymol etayotganiga urg‘u berildi

20:15 / 12.06.2025
Pasayishlar ko‘tarilishlardan ko‘p: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgaryapti?

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

14:20 / 09.06.2025