Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi
Umummilliy birdamlik bog‘lari sokin, yashil hududlar bo‘ladi. U yerda piknik qilish uchun zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy san’at bilan shug‘ullanish uchun maydonchalar bo‘ladi. Velosiped yo‘lakchalari va bolalar attraksionlari bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2025–2030 yillarda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi. Hukumatning 17 aprel kungi qarori bilan, bu borada kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, umummilliy birdamlik bog‘larining namunaviy loyihasi 15 maygacha tasdiqlanishi kerak.
Bog‘larning 60 foiz hududida yashil maydon sifatida daraxt va butalar ekish, piknik zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, ochiq osmon ostidagi kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy san’at bilan shug‘ullanish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar orqali sokin hududlar tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Sokin hududlarni tashkil etishda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali qo‘riqlanadigan chegaralar belgilanadi, daraxtlarni sug‘orish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi va samarali faoliyati ta’minlanadi.
Bog‘lar hududida velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obektlarni o‘z ichiga olgan oilaviy madaniy dam olish maydonlari ham bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

20:17 / 07.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

22:12 / 05.06.2025
Hindistonda saroy binosi ostidan yashirin kutubxona topildi

17:07 / 05.06.2025